Biz oʻz yaqinlarimizning jasadlari ustida yuribmiz — Gʻazo aholisi
Isroil askarlari Gʻazo hududida joylashgan Zaytun mahallasidan chiqib ketdi. Bosqin oqibatida hududni tark etgan mahalliy falastinliklar esa oʻz uylariga qaytmoqda. Bu haqida “Al jazeera” nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Gʻazoning eng yirik shahar markazlaridan biri boʻlgan Zaytun mahallasi Isroil hujumlari oqibatida xarobalar uyumiga aylangan.
“Biz 50-yil ichida qurgan binolarimiz besh kun ichida tekislandi. Tik turgan uylarni topolmaysiz. Binolar, yoʻllar va shahar infratuzilmasi yakson qilingan. Biz nafaqat vayronalar, balki yaqinlarimizning jasadlari ustida yuribmiz”, — deydi ushbu hududda yashovchi fuqaro.
Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, hududni qayta tiklash deyarli imkonsiz. Hudud toʻliq yashash uchun yaroqsiz holatga keltirilgan. Hujumlar oqibatida uylarini tark etgan fuqarolarning ortga qaytishi uchun hech qanday sabab yoʻq.
“Zaytun mahallasi goʻyoki yadroviy bomba tushgandek manzara hosil qilgan”, — deydi yana bir falastinlik.
Nashr maʼlumotlariga koʻra, Gʻazo aholisi Isroil hukumatining xavfsiz gumanitar yordam tarqatiladigan hududlar yaratib berish haqidagi daʼvolariga ishonmaydi. Falastinliklar qaysi hududlarga borishmasin, oʻzlarini xavfsiz his qilmaydilar. Ammo bir hududdan boshqa joyga koʻchib oʻtish juda qimmat. Hudud aholisi yangi hududlarga koʻchib oʻtish uchun taxminan ming dollar xarajat qilishlariga toʻgʻri keladi. Biroq ular bu mablagʻni toʻlab bera olmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring