Biz “Buyuk oʻtmishdan – buyuk kelajak sari” tamoyili asosida iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishimizni jadal davom ettirmoqdamiz — Shavkat Mirziyoyev
Foto: president.uz
Davlatimiz rahbari Toshkent xalqaro investitsiya forumida nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev: «Bugungi kunda Oʻzbekiston oʻzining geografik joylashuviga koʻra, Shimol va Janubni, Gʻarb va Sharqni magistral tranzit koridorlari orqali bogʻlab turadigan Markaziy Osiyo mintaqasining oʻzagi hisoblanadi.
Biz “Buyuk oʻtmishdan – buyuk kelajak sari” tamoyili asosida iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishimizni jadal davom ettirmoqdamiz.
Bundan 5 yil avval biz Harakatlar strategiyasini qabul qilib, uning doirasida keng koʻlamli demokratik islohotlarni amalga oshirish yoʻlini tanladik.
Ushbu islohotlar dasturi davlatimiz va jamiyatimizning barcha sohalarini qamrab olib, qonun ustuvorligini taʼminlash, raqobatni rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi keskin kurash olib borish kabi muhim yoʻnalishlarni oʻzida mujassam etgan.
Biz birinchi navbatda, ilgari investorlarni Oʻzbekiston bozoriga kirishi va erkin faoliyat yuritishiga toʻsqinlik qilgan barcha omillarni bartaraf etib, tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yarata boshladik».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring