“Biz bu mamlakatni boshqaramiz”: Tramp Venesueladagi operatsiya boʻyicha bayonot berdi

10:13 04 Yanvar 2026 Dunyo
287 0

AQSH prezidenti Donald Tramp Venesuelada amalga oshirilgan harbiy operatsiyani quruqlik, dengiz va havodan olib borilgan “ajoyib hujum” deb atadi. Bu haqida BILD nashri maʼlum qildi.

Trampning taʼkidlashicha, bunday koʻlamdagi harbiy harakatlar Ikkinchi jahon urushidan beri kuzatilmagan. Qoʻshimcha qilinishicha, AQSH Venesuelaga qarshi ikkinchi toʻlqin — “ancha kattaroq hujum”ni boshlashga tayyor. Biroq u hozircha bunday harakatga ehtiyoj yoʻqligini taʼkidladi.

Shuningdek, Tramp Amerika neft kompaniyalari Venesuelani qayta tiklashda ishtirok etishini maʼlum qildi. “Ular u yerga borib, vayron boʻlgan infratuzilmani qayta tiklaydi. Ular bu mamlakat uchun pul ishlay boshlaydi”, — dedi Tramp.

Bundan tashqari, Qoʻshma Shtatlar rahbari Venesuela u yerda yangi hokimiyat boshqaruvi yoʻlga qoʻyilgunga qadar AQSH boshqaruvi ostida boʻlishini ham qoʻshimcha qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер