Bishkek shahrida Tojikiston va Qirgʻiziston parlament rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi
Joriy yilning 23-sentyabr kuni Bishkek shahrida boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlarining III parlamentlararo forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Tojikiston Respublikasi Majlisi milli Majlisi Oli Raisi Rustami Emomali va Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi Toragʻasi Nurlanbek Shakiyev bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazdi.

Tojikiston parlamenti rahbari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda tomonlar Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi strategik sheriklik yuksak darajada ekanini qayd etdi. Yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlash va barqaror taraqqiyotni taʼminlashda parlamentlararo hamkorlik alohida oʻrin egallashi taʼkidlandi.
Tomonlar, shuningdek, qator mintaqaviy va xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish masalalari yuzasidan ham fikr almashishdi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi, “Oʻzbekiston – Tojikiston” parlamentlararo komissiyasining birinchi yigʻilishi hamda “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” forumi shular jumlasidandir.

Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi Toragʻasi bilan uchrashuv chogʻida esa ikki mamlakat oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiya faoliyati yuqori baholandi. Xususan, Samarqand shahrida Komissiyaning V majlisi samarali boʻlib oʻtgani va bu muloqot parlamentlararo ishonchni yanada mustahkamlayotgani alohida qayd etildi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosini taʼminlashda parlament nazorati institutining rolini kuchaytirish muhimligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring