Birjada shakar narxi pasaymoqda
Foto: Illustrativ foto
18-mart kuni oʻtkazilgan birja savdolarida shakarning oʻrtacha kunlik narxi avvalgi savdo kuniga nisbatan mahsulotning bir tonnasi uchun 11 921,9 ming soʻmdan 10 101,3 ming soʻmgacha, yaʼni 15,3% ga pasaydi.
Oʻtgan savdo kunida birja savdolariga jami 2 100 tonna shakar qoʻyilgan boʻlib, ulardan barcha hajmi sotildi. Bunda, birja savdolari orqali “Xorazm shakar” MCHJ tomonidan 1 200 tonna va “Angren shakar” MCHJ tomonidan 900 tonna shakar sotildi.
Eslatib oʻtamiz, 17-mart kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan shakarni birja savdolariga kunlik 2 000 tonnadan kam boʻlmagan miqdorda barchaga teng sharoitda 1 tonnalik lotlarda qoʻyilishini hamda bir savdo sessiyasida bir xaridor maksimal 20 tonna shakar sotib olishi koʻrsatmasi berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring