Birorta viloyat, tuman yoki shahar hokimi sportning barcha turlari boʻyicha tizimli ishlashni yoʻlga qoʻya olgani yoʻq — Prezident

Foto: president.uz
Prezident raisligida sportni ommalashtirish, sport taʼlimini yaxshilash va iqtidorli sportchilarni tayyorlash boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Sport maktablari bilan olimpiya zaxiralari kollejlari va oliy sport mahorati maktablari oʻrtasida seleksiya borasida uzviy “zanjir” yoʻlga qoʻyilmagani qayd etildi.
Misol uchun, respublikadagi 279 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktabining 190 tasida 36 ta olimpiya sport turidan bor-yoʻgʻi 10 tasi oʻrgatiladi.
Oqibatda, xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun davlat barcha tashkiliy va moliyaviy sharoitlarni yaratib berayotganiga qaramasdan, Osiyo va jahon olimpiya sporti boʻyicha chempionatlarida 5-6 nafardan sovrindor chiqmoqda, xolos.
6 ta oliy sport mahorati maktabi, 32 ta olimpiya sport federatsiyasi olimpiya zaxiralari kollejlari bilan ishlashni oʻz holiga tashlab qoʻygan.
Kollejlardagi 9 mingga yaqin sportchilarning 21 foizi milliy terma jamoaga kira olgan, xolos.
«Vaholanki, milliy terma jamoa tarkibini aynan shu kollejlardan chiqqan sportchilar tashkil etishi kerak emasmi? Bu masala qaysi viloyat hokimini qiynayapti?
Birorta viloyat, tuman yoki shahar hokimi sportning barcha turlari boʻyicha tizimli ishlashni yoʻlga qoʻya olgani yoʻq», dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyun kunidan “Xalq soʻzi” va «Народное слово» gazetalarida umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi
- Tadqiqot xulosasi: Koronavirusning davomli asoratlari emlanganlarda kam kuzatiladi
- Toʻpalang GES inshootida texnik nosozlik toʻliq bartaraf etilgan. Vaziyat barqaror — «Oʻzbekgidroenergo» AJ
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
- “Kitob uychalari”, “Yosh kitobxon klubi”... Artel kompaniyasi kitobxonlikni keng targʻib qilmoqda
- Xillari Klinton 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring