“Birlashgan”ga suv keldi
Jalaquduq tumanidagi “Birlashgan” MFYda 2400 nafar aholi boʻlib, “Guliston” va “Gʻishtchilar” koʻchasida soʻnggi 10 yilda toza ichimlik suvi taʼminotida muammo yuzaga keldi.
— Natijada aholi salkam 1 km. masofadan suv tashib ichishiga toʻgʻri keldi, — deydi MFY raisi Xosiyatxon Omonova. — “Andijon suv taʼminoti” MCHJ mutasaddilari ham qarab turganlari yoʻq, albatta. Aholiga maxsus transport orqali suv yetkazib berib turdi. Shu kunlarda esa hududga 1,5 km. masofaga quvurlar tortilib, ichimlik suvi olib kelindi.
Umuman olganda, respublikamiz Mustaqilligining 29 yilligi bayrami arafasida viloyatning 10 ta tumanidagi 22 ta MFYda 43,8 km. masofaga yangi suv quvuri tortilib, 4 ta suv qudugʻi oʻrnatildi va 6 ta suv qudugʻidagi taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring