Bir oyda giyohvandlik bilan bogʻliq 161 ta holat fosh etildi

09:51 25 Dekabr 2025 Jamiyat
173 0

Respublikamizda 20-noyabrdan 20-dekabrgacha “Xavfsiz va sogʻlom yurt” deb nomlangan keng koʻlamli profilaktik tadbirlar oʻtkazildi. Ushbu tashabbus aholi salomatligini muhofaza qilish, millat genofondini giyohvandlik va narkotik moddalar tahdididan asrash, jamiyatda sogʻlom muhitni mustahkamlashga qaratildi. Shu doirada Andijon viloyatida ham ichki ishlar organlari tomonidan tadbirlar puxta reja asosida tashkil etildi va amaliy natijalarga erishildi.

—Tadbirlar jarayonida tezkor-qidiruv xizmati tomonidan jinoiy faoliyatga urinish bilan bogʻliq 161 ta holat fosh etildi, — deydi Andijon viloyati IIB axborot xizmati boshligʻi, kapitan Sherzodbek Nuriddinov. — Ularning natijasida qariyb 14,5 kilogramm giyohvandlik vositalari, shuningdek, 10 ming 154 dona psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari muomaladan chiqarildi.

Giyohvandlik bugungi kunda insoniyatga qarshi qaratilgan eng xavfli ofatlardan biriga aylanib, koʻp hollarda uning oqibati hayotning fojiali yakunlanishiga olib kelmoqda. Shuning uchun bunday illatga qarshi kurash har bir fuqaroning nafaqat sergak boʻlishini, balki faol pozitsiyada turishini ham talab etadi. “Xavfsiz va sogʻlom yurt” doirasida amalga oshirilgan ishlar shu maʼnoda muhim ahamiyatga ega boʻlib, ular faqat bir oylik tadbirlar bilan cheklanib qolmasdan, yil davomida va har kuni izchil ravishda davom etishi zarur.

Saminjon HUSANOV, ”Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?