Bir nuroniy oʻn nafar yoshga masʼul
Qarshi shahrida oʻtkazilgan “Bir nuroniy oʻn nafar yoshga masʼul” respublika tanlovining viloyat bosqichi nuroniylarning mahalla yoshlari bilan amalga oshirgan ishlarini koʻrsatib beradigan, bu borada oʻzaro tajriba almashadigan oʻziga xos maydon boʻldi.
— Bugun har jabhada nuroniylarimizning faolligi koʻzga tashlanmoqda, — deydi Shahrisabz shahridagi Oqsaroy mahallasi faoli Muqaddam Roʻziyeva. — Ayniqsa, yoshlar tarbiyasi, ularning jamiyatda oʻz oʻrnini topishida koʻpni koʻrgan, boy hayotiy tajribaga ega otaxonu onaxonlarning koʻmagi, oʻgitlari juda asqatadi. Bugun tanlov bahonasida biz bu borada bir-birimizning olib borayotgan ishlarimiz bilan tanishdik, oʻzaro fikr, tajriba almashdik.
Yakuniy natijalarga koʻra, Nishon tumanidagi Navbahor mahallasi faoli Sodiq Islomov 1-oʻrinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Shuningdek, yana bir qator nominatsiyalar boʻyicha gʻolib va sovrindorlar aniqlanib, ularga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Jahongir BOYMURODOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring