Bir nechta Oʻzbekiston fuqarolari Turkiyada qoʻlbola aroqdan zaharlanib vafot etdi
Joriy yilning 14-yanvar kuni Istanbulda 2 nafar turkmanistonlikning qalbaki spirtli ichimliklar ishlab chiqarib isteʼmolga kiritgani va natijada jami 38 kishi zaharlangani, jumladan, 6 nafar Oʻzbekiston fuqarosi vafot etgani haqida xabar qilingan edi.
Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabariga koʻra, 15-yanvar sanasida ham yana 4 nafar oʻzbekistonlik aroqdan zaharlanib hayotdan koʻz yumdi. Ularning barchasi erkak kishi boʻlgan.
Bosh konsulxona diplomatlari ushbu holat yuzasidan Istanbul sogʻliqni saqlash, sud-tibbiy ekspertiza boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan doimiy aloqa oʻrnatdi.
Fuqarolarga ehtiyot choralarini koʻrish, shaxsiy xavfsizlikka rioya qilish hamda zarurat tugʻilgan hollarda Bosh konsulxonaga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring