Bir haftada energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq 2776 ta holat aniqlandi
Respublika boʻylab bir haftada jami 19,5 milliard soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Joriy yilning 1-7-aprel kunlari DXX, IIV, Bosh prokuratura va Oʻzenergoinspeksiya xodimlari hamkorligida respublikamiz boʻylab oʻtkazilgan reyd tadbirlarida jami 2776 ta holatlar aniqlanib, shundan elektr energiyasidan 1807 ta, tabiiy gazdan 969 ta holatda jami 19,5 milliard soʻmlik zarar yetkazilganlik holatlari boʻyicha dalolatnomalar tuzildi.
Maʼlumotlarga koʻra, olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 6,8 milliard soʻm davlat foydasiga undirilgan.
Respublika boʻyicha aniqlangan noqonuniy holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ushbu davrda 39 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va 263 ta maʼmuriy jazo choralari qoʻllanildi.
Taʼkidlash joiz, mazkur yoʻnalishda reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring