Bill Geyts boy mamlakatlarni 100 foiz sunʼiy goʻshtdan foydalanishga chaqirdi

15:48 17 Fevral 2021 Dunyo
3611 0

Microsoft asoschisi va xayriya kompaniyasi rahbari Bill Geyts boy davlatlar insoniyatni iqlim falokatidan qutqarishda qanday yordam berishlari mumkinligi haqida oʻz takliflarini bildirdi.

“Menimcha, barcha boy mamlakatlar 100 foiz sunʼiy boʻlgan mol goʻshtini isteʼmol qilishga oʻtishlari kerak. Insoniyat vaqt oʻtishi bilan yangi taʼmga oʻrganib qoladi”, dedi u Technology Reviewʻga bergan intervyusida.

Geyts oʻsimliklardagi oqsillardan isteʼmol qilish metan chiqindilarni kamaytirishda yordam beradi deb umid qilmoqda.

Avvalroq tadbirkor iqlim moʻtadilligiga erishishni insoniyat uchun eng qiyin muammo deb baholagandi. Uning fikriga koʻra, iqlim moʻtadil boʻlishi uchun koʻmir, neft va gaz yonishidan chiqadigan zararli gazlarni kamaytirishga eʼtibor qaratish lozim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?