Bilim va ilgʻor amaliyot – rivojlanish asosi
Foto: "Xalq so'zi"
“Agrobank” ATB Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy filialida tashkil etilgan “Fermerlar maktabi”da Orolboʻyidagi fermer xoʻjaliklari rahbarlari va tomorqa yer egalari uchun oʻquv kurslari boʻlib oʻtmoqda. Tadbir murakkab iqlim va tuproq sharoitida ham barakali hosil yetishtirish xadisini olgan mirishkor dehqonlar tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari koʻrgazmasi bilan boshlandi.
Taʼkidlanganidek, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, qishloq xoʻjaligini ilmiy asosda rivojlantirish, soha mutaxassislarining bilim va koʻnikmalarini davr talablariga hamohang tarzda oshirib borish ishlari tobora yangi mazmun va koʻlam kasb etmoqda. Shu bilan birga oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq xoʻjaligida hosildorlikni, daromadni oshirish borasidagi ilgʻor amaliyotlarni fermerlarga oʻrgatish ayni zarurat. “Agrobank” tashabbusi va Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamkorligida tashkil qilingan oʻquv kurslari ushbu maqsadga xizmat qilishi bilan ahamiyatli, albatta.
– Oʻquv kurslariga Orolboʻyidagi fermerlar uchun juda muhim va dolzarb masala – suvdan samarali foydalanish texnologiyalari alohida mavzu sifatida kiritilibdi,– deydi Taxtakoʻpir tumanidagi “Tayimbet” fermer xӱjaligi raisi, Oʻzbekiston Qahramoni Sarsenbay Seytnazarov. – Fermerlar tajribali trenerlardan suv tejovchi texnologiyalarni qoʻllashda xorijiy yondashuvlar, erishilgan natijalar haqida toʻliq maʼlumot olib, bilim va koʻnikmalarini oshirishi eʼtirofga loyiq. Zotan, bugungi kunda mintaqamizda suv tanqisligi kuchayib borayotgani sir emas.
Oʻquv mashgʻulotlari fermerlar ekinlarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish, chorvachilik va parrandachilik yoʻnalishida innovatsion intensiv texnologiyalar, dehqonchilikda hosildorlikni oshirishning zamonaviy usullari, fermer xoʻjaligi menejmenti, tuproq unumdorligi, muammolari va uning sifatini yaxshilash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini terish, saqlash, ishlov berish va sotish, qishloq xoʻjaligi marketingi kabi mavzularni ham qamrab olgan.
Gʻ. Otajonov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring