Bilarmidingiz: surunkali kasalliklar bilan ogʻriyotgan bemorga ayrim dori vositalari bepul tarqatiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash boʻyicha reimbursatsiya dasturi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qilgan.
Unga muvofiq, ambulator sharoitda surunkali kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan dori vositalari xarajatlari Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Bu dori vositalari oilaviy shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept asosida bemorlarga bepul taqdim etilishi koʻzda tutilgan.
Nizomga koʻra, reimbursatsiya dasturi doirasida shifokorlar tomonidan belgilangan dori vositalari dorixonalarda bemorlarga tekin beriladi. Bunday dori vositalarining qiymati Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanib, jamgʻarma va dorixonalar oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida dorixonalar xarajatlari har oyda moliyalashtiriladi.
Dori vositalariga haq toʻlash jarayoni shaffofligini taʼminlash maqsadida elektron retseptlar va SMS-xabarlar tizimi joriy etilgan. Elektron retsept asosida dorixonalardan dori vositalarini olish mumkin, va bu jarayon toʻgʻrisida bemorning telefoniga SMS-xabar yuboriladi. Ushbu xizmat uchun ketgan xarajatlar ham reimbursatsiya dasturi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Reimbursatsiya dasturi asosan surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarni qamrab oladi. Bunday kasalliklarga gipertoniya, yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning ikkinchi turi, bronxial astma va oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi kiradi. Ushbu kasalliklardan aziyat chekayotgan bemorlar dispanser hisobida turadi va ular oilaviy shifokor retsepti orqali bepul dori olish huquqiga egadir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bollivud yulduzi Mumbaydagi uyida pichoqlab ketildi
- HAMAS va Isroil oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Poykentdan Oʻrta Osiyoda eng qadimiy sanalgan metall qurollar topildi
- Bir xum tilla topib olindi. Ushbu xazinada Gʻarbiy Rim imperiyasi imperatorining suratlari tushirilgan 141 dona oltin tanga bor
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring