BFQ sifatida sertifikatlangan mahsulotning tarkibi doriga oʻxshashligi sababli litsenziyasi toʻxtatildi

Raqobat qoʻmitasiga kelib tushgan murojaatlar orqali baʼzi BFQ mahsulotlarida dori vositasiga xos xususiyatlar mavjudligi aniqlandi. “Bio Max Pharm” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Bio Smekta” mahsulotining qadogʻi va tarkibi dori vositasiga oʻxshashligi qayd etildi. Bu esa uning tarkibiy va sifat koʻrsatkichlari boʻyicha texnik meʼyorlarga mos kelmasligini anglatadi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi ishtirokida oʻrganish oʻtkazilib, “Agro Kimyo Standart” MCHJ qoshidagi “UNI-CHEM-TEST” laboratoriyasi mazkur mahsulotni texnik talablarga muvofiq deb topgani aniqlandi.
Shu sababli laboratoriyaning faoliyatiga huquqiy baho berish soʻralgan. Oktyabr oyida “Agro Kimyo Standart”ning sertifikatlashtiruvchi organi akkreditatsiya talablarini buzganligi sababli uning akkreditatsiya guvohnomasi amal qilishi toʻxtatildi.
Avvalroq, joriy yilda “Joʻrabek laboratories” MCHJ QKning arizasiga koʻra, bir qator BFQ mahsulotlarining SanPiN talablariga muvofiq emasligi aniqlangandi. “ORS”, “KIFTI”, “ORSI MAX”, “ORSASOL” va “FITA ORSA” kabi qoʻshimchalarda qonunbuzarliklar qayd etilgan va ularning ruxsatnomalari bekor qilingan. Bu choralar isteʼmolchilarni xavfli mahsulotlardan himoya qilish maqsadida amalga oshirildi.
Aytish mumkinki, ijtimoiy tarmoqlarda va OAVda dorilar oʻrnini bosadigan biologik faol qoʻshimchalarning koʻplab reklamalari aholini ularni shifokor maslahatisiz isteʼmol qilishga undamoqda. Bunday amaliyot inson salomatligiga xavf tugʻdiradi va ayrim kasalliklarni kuchaytirish xavfini oshiradi.
Eslatib oʻtish kerakki, biologik faol qoʻshimchalar davolovchi vosita sifatida tavsiya etilmaydi. Isteʼmolchilar mahsulotni sotib olishda uning sertifikatlanganligini tekshirishlari va shifokor tavsiyalariga amal qilishlari zarur. Bu salomatlikni saqlashda muhim qadam hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring