“Besh tashabbus Paralimpiadasi”ning ikkinchi mavsum Respublika final bosqichiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 7 — 9-noyabr kunlari Toshkent shahrida Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashgan maktab va maktab-internati oʻquvchilari oʻrtasida tashkil etiladigan “Besh tashabbus paralimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarining Respublika final bosqichi oʻtkaziladi.
Bugun mazkur musobaqalar oldidan Respublika ishchi guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda musobaqalarning birinchi, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy saralash bosqichida 100 ga yaqin maxsus ixtisoslashgan maktab va maktab-internatlaridan 6400 yaqin oʻquvchilar ishtirok etganligi hamda Respublika final bosqichida respublikaning 14 ta hududidan gʻolib boʻlgan 300 ga yaqin oʻquvchilar para yengil atletika, para stol tennisi, 5x5 futbol, para shaxmat va shashka sport turlaridan ishtirok etishi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, musobaqalarning Respublika final bosqichini yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.
Eslatib oʻtamiz, musobaqalar joriy yilning 7-9-noyabr kunlari Toshkent shahridagi Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring