Beruniy tumanida eksport hajmi kamaymoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Nukus shahridan avtomobil yoʻli orqali Qoraqalpogʻistonning janubiy tumanlari tomon harakatlanib, Qoratogʻdan oʻtgach katta yoʻl boʻyida barpo etilgan sanoat obyekti yoʻlovchilar eʼtiborini tortadi. Beruniy tumanining “Qizil qalʼa” ovul fuqarolar yigʻini hududidagi qum va tekislikda boʻy tiklagan ushbu sanoat obyektida yiliga 50 ming tonna un mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.
Beruniy tumanida Investitsiya dasturi doirasida “Beruniy bugʻdoy klaster” MCHJ tomonidan un ishlab chiqarish zavodini tashkil etish loyihasi umumiy qiymati 35,5 mlrd. soʻmni tashkil qilgan. Shundan 16,6 mlrd. soʻm tadbirkorlarning oʻz mablagʻi hisobidan boʻlsa, 1,6 mln. dollar xorijiy kredit mablagʻlari jalb etilgan.
Bugungi kunda mazkur zavodda ishlab chiqarilgan un mahsulotlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va qoʻshni viloyatlar bozorlarida sotilmoqda. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar, xususan, Afgʻonistonga eksport qilinmoqda. Korxona ishga tushirilishi bilan 65 nafar mahalliy aholi doimiy ish oʻrniga ega boʻldi.
— Hududiy investitsiya dasturi doirasida joriy yil davomida umumiy qiymati 865,8 mlrd. soʻmlik 55 ta hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish nazarda tutilgan, — deydi Beruniy tumani hokimi oʻrinbosari, investitsiya va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Umar Usmanov. — Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida hududda 1000 ta yangi ish oʻrni yaratish belgilangan.
Tuman boʻyicha qiymati 62,1 mlrd. soʻmlik 19 ta loyihani amalga oshirish koʻzda tutilgan. Agar ushbu loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, 178 nafar yigit-qiz uchun doimiy ish oʻrni ochiladi. Bugungi kunga qadar ushbu loyihalar doirasida 7 ta tadbirkorlik subyektiga 10,2 mlrd. soʻm kredit mablagʻlari ajratildi.
2023-yil davomida tumandagi korxonalar tomonidan 11,5 mln. dollar miqdorida eksport amalga oshirish belgilangan. Ammo, 2023-yilning yanvar-avgust oylaridagi eksport rejasi bor-yoʻgʻi 52,6 foizga bajarilgan, xolos.
Gʻayrat OTAJONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring