Berlindagi Amerika delegatsiyasi Ukrainadan Donbassni topshirishni talab qilmoqda
BILD nashrining AFP maʼlumotlariga tayanib xabar berishicha, amerikalik muzokarachilar Stiv Uitkoff va Jared Kushner Ukraina Donbassni topshirishi va hududni tark etishi kerakligini faol tarzda talab qilmoqda.
Amerika vakillarining mazkur talabi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchun “qizil chiziq”ligicha qolmoqda. Shuningdek, Moskva tomoni Berlindagi muzokaralar boshlanishidan oldin Ukraina NATOga boʻlgan intilishlaridan voz kechmasdan tinchlik kelishuvlariga erisha olmasligini qatʼiy taʼkidlagan.
Berlindagi muzokaralar chogʻida Kiyev tomonidan ilgari surilayotgan baʼzi takliflar sulhga erishish uchun muloqot qilishda asos boʻlib xizmat qilishi mumkin. Masalan, Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Zelenskiyning “Deutschlandfunk” nashridagi NATOdan voz kechishga tayyorligi haqidagi bayonoti aynan shunday signal ekanini aytgan.
“Agar bu Ukrainaning takliflari boʻlsa, unda Rossiya bu pozitsiyani qabul qilishi mumkin. Ammo biz Ukrainaning eng yaxshi muzokara pozitsiyasiga erishishini taʼminlash uchun qoʻlimizdan kelgan barcha ishni qilishda davom etamiz”, — deydi Germaniya tashqi ishlar vaziri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring