Bemorlarning ham vaqti, ham naqdi tejalmoqda
Guliston tibbiyot klasterida bundan bir necha yillar muqaddam travmatologiya va ortopediya yoʻnalishida bir necha turdagi amaliyotlar yoʻlga quyilgan boʻlsa, bugungi kunga kelib, yuqori texnologik amaliyotlar turi 70 tadan oshib ketdi.
Birgina oʻtgan yili 8 nafar fuqaroda buyrak transplantatsiyasi, 79 nafar fuqaroda chanoq-son, tizza boʻgʻimlarida endoprotezlash, 58 nafar fuqaroda umurtqa pogʻonasi disk churrasida titan keydj bilan mustahkamlash, 16 nafar fuqaroda bosh miya bilan bogʻliq, 200 dan oshiq fuqarolarda laparoskopik, jami 631 nafar fuqaroda yuqori texnologik amaliyotlar oʻtkazildi.

— Yuqori texnologik amaliyotlarni oʻzlashtirishimizda muassasamizga keltirilgan zamonaviy, eng soʻnggi rusumdagi tibbiy uskunalar muhim omil boʻlyapti, — deydi Guliston tibbiyot klasteri neyrotravmatologiya boʻlimi ortoped-travmatologi Sevara Otayeva.
Aytish lozimki, Guliston tibbiyot klasterida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari turi koʻpayganligi bemorlarga ham vaqtini, ham naqdini tejash imkoniyati yaratilmoqda.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring