Bellingemning bir yilda qilolmagan ishini Mbappe bir haftada uddaladi
Foto: Goal.com
“Real Madrid” Kilian Mbappening “Santyago Bernabeu”dagi taqdimotidan soʻng, bir hafta ichida rekord darajada fransiyalik futbolchining futbolkalarini sotishga erishdi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, fransuz yulduzi futbolkalar savdosi boʻyicha Jud Bellingemdan oʻzib ketdi. Mbappening 9-raqamli libosi muxlislar tomonidan eng koʻp sotib olingan futbolkaga aylanishi bilan birga bir yil davomida ingliz futbolchisining jami sotilgan futbolkalaridan 5 barobar koʻpligi maʼlum boʻldi.
“Real Madrid” safida ajoyib debyut mavsumini oʻtkazgan Bellingem jamoaning eng mashhur futbolchilaridan biri hisoblanadi. “Yarim himoyachi jamoaning oʻtgan mavsumdagi eng yaxshi toʻpurari boʻldi, shunga qaramasdan uning 5-raqamli futbolkasi Mbappenikidan kam sotilgani hayratlanarli”, deb yozdi “Goal”.
Qayd etish kerakki, Mbappe “Real Madrid” bilan mavsumoldi oʻyinlarida qatnashmaydi. Taqdimotdan soʻng u qisqa muddatli taʼtilga chiqqan va qaytgach maxsus dasturda shugʻullanishni boshlaydi. Rasmiy debyutini 14-avgust kuni UEFA Superkubogida “Atalanta”ga qarshi oʻtkazishi kutilmoqda.
“Real Madrid” kelasi mavsumga AQSHda tayyorgarlik koʻrmoqda. Jamoa 31-iyul kuni “Milan”ga, 3-avgust kuni “Barselona”ga, 6-avgust kuni esa “Chelsi”ga qarshi bahs olib boradi.
Mbappening “Real Madrid”ga oʻtishi klub tarixidagi eng kutilgan voqealardan biridir. Muxlislar uni Vinisius, Rodrigo va Bellingem kabi yulduzlar bilan birga oʻynashini koʻrishni xohlashadi. U yangi mavsumda jamoaga sezilarli muvaffaqiyat keltirishi kutilyapti.
Avvalroq “EA Sports FC 25” muqovasidan qaysi futbolchi joy olishi maʼlum boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring