Belbogʻli kurashchilarimiz xalqaro turnirda 4 ta oltin va 8 ta bronza medalni qoʻlga kiritdi
Foto: «Xalq soʻzi»
Joriy yilning 22-25-aprel kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida goresh (turkman kurashi) hamda alish (qirgʻiz kurashi) kurashi boʻyicha MDH davlatlari oʻrtasida xalqaro turnir oʻtkazildi.
Mazkur xalqaro musobaqada Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov boshchiligida Osiyo belbogʻli kurash konfederatsiyasi prezidenti Moʻmin Muratov, kattalar terma jamoasi bosh murabbiyi Shavkat Mirzaqulov, yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Turgʻunpoʻlatov, xalqaro toifadagi hakamlar Mironshoh Roʻziyev, Sergey Txak, Neʼmatullo Toʻychiyev va 25 nafar polvondan iborat sport delegatsiyamiz qatnashdi.
Oʻn besh davlatdan eng sara polvonlar jam boʻlgan ushbu turnirda alish kurash boʻyicha erkaklar oʻrtasida hamyurtimiz Oybek Sultonov, xotin-qizlar oʻrtasida esa Farangiz Abdunabiyeva, Manzuraoy Moʻydinova va Dilafroʻz Mamajonova oltin medallarga egalik qildi.
Polvonlarimizdan Hayotbek Kamoliddinov, Diyor Polvonov, Murodjon Hamidov, Jasurbek Isroilov va Zaylobiddin Ortiqov bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
Goresh boʻyicha esa yurtdoshlarimizdan Murodjon Hamidov, Ilhomjon Mashrabov va Husniddin Roʻziyev kuchli uchlikdan joy oldi.
Xalqaro turnirning tantanali ochilish va gʻoliblarni taqdirlash marosimlarida Oʻzbekistonning Turkmanistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshanbek Alimov, Osiyo belbogʻli kurash konfederatsiyasi prezidenti Moʻmin Muratov hamda Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov ishtirok etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- “Oʻzbekiston –2030” strategiyasining yangi tahrirdagi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring