Belbogʻli kurash boʻyicha jahon chempionati va kubogida sportchilarimiz 36 ta medalni qoʻlga kiritdi

23:20 07 Noyabr 2022 Sport
798 0

Rossiyaning Qozon shahrida belbogʻli kurash boʻyicha 15-17 yoshli oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida jahon chempionati hamda kattalar oʻrtasida jahon kubogi musobaqalari boʻlib oʻtdi.

26 ta davlatdan 300 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etgan jahon chempionati bahslarida polvonlarimizdan Feruza Sobirova, Quvonchbek Ermuhammedov, Yasmina Sodiqova, Samandar Soliyev oltin, Joʻrabek Mamadaliyev, Oʻrolbek Sarabekov, Fotih Poʻlatov, Javohirbek Nuʼmonjonov, Nilufar Isoqova kumush, Arofatxon Muhamadova, Gavhar Abdusobirova, Roʻzixon Gʻanijonova, Mehriniso Karimova, Fozilbek Abdurahmatov, Asadbek Ikromov, Muhammadqodir Karimjonov, Quvonchbek Azimov, Shodilbek Shodilbekov, Shohruhbek Shodahmadov, Nafruzbek Mamayusupov va Diyorbek Yoqubov oʻz vazn toifasida bronza medalni qoʻlga kiritdi.

Jahon kubogining klassik yoʻnalishda hamyurtlarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza, erkin yoʻnalishda esa 1 ta kumush 6 ta bronzaga ega chiqishdi. Ushbu musobaqalarda yurtdoshlarimizdan Miranshoh Roʻziyev, Elmurod Abdullayev, Jamshid Egamovlar hakamlik qilishdi.

Shuningdek, jahon kubogi doirasida Tatariston Respublikasi Sport vaziri Vladimir Leonov hamda jahon belbogʻli kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek Gʻaniyev, Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi Rustam Boboqulovlar ishtirokida oʻzaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, jumladan, yosh va umidli sportchilarni tayyorlashda ilmiy metodik, oʻquv-yigʻin mashgʻulotlar samaradorligini oshirish singari qator masalalarni muhokama qilishdi.

Tashrif davomida Rustam Boboqulov Qozon shahridagi eshkak eshish sport turi boʻyicha markaz faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasi sport vazirligi bilan ham hamkorlik doirasida kelishuvlarga erishildi. Unga koʻra, shuningdek, jahon belbogʻli kurash assotsiatsiyasi taklifiga muvofiq, joriy yil noyabr oyining uchinchi oʻn kunligida Boshqirdiston Respublikasi sport vaziri Ruslan Habibov boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyuradi.

Jahon kubogining tantanali ochilish marosimida jahon belbogʻli kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek Gʻaniyev hamda Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi Rustam Boboqulovga sportni rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasi uchun Tatariston Respublikasi sport vazirligi tomonidan koʻkrak nishoni topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?