Belaruslik mashhur para atlet Toshkentga keldi
Para suzish boʻyicha Paralimpiya oʻyinlari rekordchisi, motivatsion trener Aleksey Talay Toshkentga keldi.
Belaruslik mashhur para atlet tashrifning ilk kunida Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi hamda Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida boʻldi hamda para sportchilar bilan uchrashdi va ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Aleksey Talayni Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti — Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi Muxtorxon Toshxoʻjayev kutib oldi.
Shuningdek, Aleksey Talay tashrif davomida Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi Oybek Qosimov hamda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Aziz Komilov bilan uchrashdi.
Taʼkidlash kerakki, 16-noyabr kuni poytaxtimizdagi “Xalqaro forumlar saroyi”da Aleksey Talay ishtirokida motivatsion uchrashuv oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring