Belarus kompaniyalari Boʻstonliq va Zomin tumanlarida eko-uylar quradi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov Belarus Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinich bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, uchrashuvda tomonlar Oʻzbekistonga sayyohlarni jalb qilish, shuningdek, Belarus kompaniyalarining Boʻstonliq va Zomin tumanlarida eko-uylar qurish imkoniyatlariga oid masalalarni muhokama qildi.
Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasida ikki tomonlama turizmni rivojlantirishga doir hukumatlararo kelishuv tayyorlanmoqda.
Mazkur kelishuv joriy yilning 16-18-dekabr kunlari boʻlib oʻtadigan Hukumatlararo komissiya yigʻilishi doirasida imzolanishi rejalashtirilgan.
Kelishuv ikki tomonlama turistik salohiyatni targʻib qilish hamda Oʻzbekistondan Belarusga va Belarusdan Oʻzbekistonga sayyohlarni jalb qilishga yoʻnaltiriladi. Hujjatda, shuningdek, Oʻzbekistonning togʻ-changʻi kurortlarini targʻib qilishga, shuningdek mamlakatimizning investitsion loyihalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring