Bektemir Meliqoʻziyev professional boksdagi navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi

14:22 21 Aprel 2024 Sport
671 0

Arxiv surat

Bokschimiz Bektemir Meliqoʻziyev (-76 kg) professional boksdagi oʻzining navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi.

Fransiyalik yengilmas Pyer Yuber Dibombe (22-0-1, 12 KO)ga qarshi ringga chiqqan hamyurtimiz ochkolar hisobiga ustun keldi. Gap shundaki, bahs yettinchi raundda toʻxtatildi. Bunga Bektemirning qoshidan jarohat sabab boʻldi. Hisoblangan ochkolar boʻyicha (79-73, 79-73, 78-74) hamyurtimizning gʻalabasi eʼlon qilindi. Shu tariqa Bektemir oʻziga tegishli boʻlgan WBA Inter-Continental kamarini saqlab qoldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер