Bektemir Meliqoʻziyev professional boksda faoliyatini davom ettiradi

Havaskor boks boʻyicha Osiyo chempioni, Rio olimpiadasi kumush medal sohibi, jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqoʻziyev faoliyatini professional boksda davom ettiradigan boʻldi. Bu haqda GoSport.uz xabar bermoqda.
Soʻnggi vaqtlarda -81 kg vazn toifasida janglarda ishtirok etib kelayotgan Meliqoʻziyev kuni kecha AQSHga joʻnab ketgan. Bektemir Meliqoʻziyev u yerda ”Mir boksa” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, mazkur promouterlik kompaniyasida bugungi kunda oʻzbekistonlik bir qator bokschilar, jumladan Shahram Gʻiyosov (7-0, 6 KO), Murodjon Ahmadaliyev (5-0, 4KO), Isroil Madrimov (2-0, 2 KO) va Bahodir Jalolov (5-0, 5 KO) shugʻullanib kelishmoqda. Bektemir aynan mana shu kompaniya bilan shartnoma tuzayotgan navbatdagi oʻzbekistonlik sportchi boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, kecha havaskor boks boʻyicha jahon chempionati yoʻllanmasini taqdim etuvchi Osiyo chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibi eʼlon qilingan va undan Bektemir Meliqoʻziyev oʻrin olmagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring