Bekobodda 1 dona baliq ovlaganlar tabiatga 8 million soʻmdan ortiq zarar yetkazdi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Sholikor”da elektr toki yordamida baliq ovlangani toʻgʻrisida xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi munosabat bildirdi.
Maʼlum boʻlishicha, Bekobod tumani “Yangihayot” MFY hududida fuqarolar M.U. hamda A.S. tomonidan “Sholikor” zovurida noqonuniy ov quroli, yaʼni elektr qarmoqdan foydalangan holda 1 dona “Kumush tovon baligʻi” noqonuniy ovlanganligi aniqlangan.
Ushbu holat natijasida Oʻzbekiston Respublikasi “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunining 3, 27-moddalari, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunning 34, 35-moddalari, “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunning 49-moddasi talablari buzilgan.
Mazkur qonunbuzilish holati oqibatida hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 80-son qaroriga asosan, 8 million 240 ming soʻmni tashkil etgan. Hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora koʻrish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring