“BCT Cluster” klasterining xorijdagi ilk savdo majmuasi ish boshladi
“BCT Cluster” paxta-toʻqimachilik klasteri Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida oʻz savdo majmuasini ochdi.
“BCT Cluster” klasteri paxta yetishtirishdan tortib, tolani chuqur qayta ishlashgacha boʻlgan barcha “sanoat zanjiri”ni toʻliq bogʻlagan ulkan ishlab chiqarish salohiyatiga ega. Bugungi kunda klaster tarkibidagi “Bukhara Cotton Textile” korxonasi 8450 tonna kalava ip, 15 million pogon metr denim jinsi mato, 12,5 million dona “Denim klassik” va “Denim streych” shimlari ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Yuz foiz tabiiy boʻlgan “B Jeans” milliy brendi ostidagi kiyim-kechaklarga tashqi bozorlarda talab katta. Shu bois xorijiy davlatlarda 100 ta savdo nuqtasini ishga tushirish rejalashtirilgan. Oʻsh shahridagi savdo majmuasi birinchisi boʻldi. Kelgusida Yevropa davlatlari, Boltiqboʻyi respublikalari, Yaponiya va AQSHda ham shunday savdo tarmoqlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring