Baʼzi vaksina olganlar orasida kasallanish holatlari kuzatilmoqda, ulardan ayrimlari esa kasalxonaga tushib qolmoqdalar. Buni qanday izohlaysiz?

16:06 07 Iyul 2021 Jamiyat
1192 0

Ushbu savolga AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva quyidagicha javob berdi: :

— Afsuski, bu toʻgʻri. Bugungi kunda vaksina olayotganlarni baʼzilari shunday holatga tushmoqdalar, lekin buning sabablari mavjud:

1- sabab: Ommaviy vaksinatsiya boshlangani 2021-yil aprel oyi edi, shu vaqtgacha davlatimizda mavjud Astra-Zeneca, ZF-UZ-VAC 2001, “Sputnik V” vaksinalarini oʻz vaqtida olganlar organizmida immun himoya tanachalari ishlab chiqilgan va hali ishlab chiqilishi davom etmoqda.

Emlanganlarda immun hujayralar ishlab chiqilishini maksimal himoya koʻrsatkichi avgust oylari va undan keyin erishiladi.

Bugungi kunda shu jarayonda toʻliq emlanib ulgurmaganlar, toʻlaqonli immun himoyasi boʻlmagan boʻlsa-da, karantin qoidalariga rioya qilmaganliklari bois kasallanib qolmoqdalar.

2- sabab: Bugungi kunda kasallik keng tarqalayotgani sabab vaksina bilan qamrab olish kontingenti ham kengaytirildi va barcha aholimizni vaksina olishga daʼvat qilmoqdamiz, yaʼni 18 yoshdan kattalarning barchasi emlanishi mumkinligi belgilanib berildi.

Ammo aholi orasida karantin qoidalariga toʻliq rioya qilmaydiganlar mavjud, vaksina olayotgan vaqtda ularni organizmiga virus tushgan va kasallikni yashirin davri ketayotgan boʻlishi mumkin yoki baʼzilar simptomlarsiz kasallikni kechirayotgan boʻlishi mumkin.

Aynan shunday kishilarda vaksina olgandan soʻng ham hali immun himoya ishga tushmagani sababli kasallik yuzaga kelib chiqishi va PZR-testda tasdiqlanishi kuzatilmoqda.

Bunday holatlarda vaksina olish vaqtida yoki olingunicha organizmiga virus tushgan boʻladi. Shu sababli vaksina bu yerda oʻz ishini bajara olmaydi, vaksina faqatgina bu kasallikni yuzaga chiqadigan davriga toʻgʻri kelib qolgan boʻladi.

Bunday holatlarning oldini olish uchun, agarda vaksina olmoqchi boʻlgan odamda bemor bilan kontaktda boʻlganligi borasida aniq bir javob boʻlmasa, PZR-test topshirish kerak, natija manfiy chiqsagina vaksinani olish mumkin boʻladi. Bu kabi tekshiruv oʻtkazish, vaksinalarni ham besamar ketishini oldini oladi.

3- sabab: Vaksina, ayniqsa Astra-Zeneca va “Sputnik V” kabi vaksinalar organizmga tushganida ular vektorli vaksinalar boʻlgani bois organizmda yengil ORVI koʻrinishida kasallik chaqirishi vaksinaning koʻrsatmalarida ham keltirilgan.

Vaksina olgandan keyin birlamchi immun himoya tanachalari 2 hafta davomida ishlab chiqilishi borasida biz doim gapirib kelamiz, shu vaksinatsiyadan keyingi davrda yengil ORVI kasalligini boshdan kechirish jarayonida himoyalanmagan kontakt, yaʼni karantin qoidalariga rioya qilmaslik koronavirusni organizmga kelib tushishini keltirib chiqaradi.

Vaksinatsiyani olish jarayonidagi talab va tartiblarga, shuningdek karantin qoidalariga rioya qilmaslik kasallikni yana-da ortishiga sabab boʻlmoqda. Eng yomoni, vaksinaga boʻlgan asossiz shubha va ishonchsizlikni koʻpaytirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер