Baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 9-oktyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 11-oktyabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi 746–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9–10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 4, 218-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 5, 267-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 10-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi, shuningdek ularning joylardagi boʻlinmalari faoliyat koʻrsatadi”;
2) 182-modda chiqarib tashlansin;
3) 43-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Prokuratura organlari xodimlariga ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanish taqiqlanadi”;
4) 46-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“46-modda. Prokuratura organlarining ichki xavfsizligini taʼminlash boʻlinmasi
Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi tuzilmasida prokuratura organlarining ichki xavfsizligini taʼminlash boʻlinmasi tuziladi.
Prokuratura organlarining ichki xavfsizligini taʼminlash boʻlinmasi prokuratura organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan xizmat mavqeini suiisteʼmol qilish, korrupsiya va egallab turgan lavozimiga noloyiq boshqa nojoʻya xatti-harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha xizmat tekshiruvlari oʻtkazadi, prokuratura organlarida ichki xavfsizlikni taʼminlash sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, Bosh prokuratura hayʼatining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari, farmoyishlari va koʻrsatmalari soʻzsiz ijro etilishini taʼminlaydi”;
5) 50-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Prokuratura organlari xodimlariga davomiyligi oʻttiz kalendar kundan iborat haq toʻlanadigan yillik taʼtil beriladi. Oʻn yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan prokuratura organlari xodimlariga davomiyligi besh kalendar kun, oʻn besh yildan ortiq ish stajiga ega boʻlganlarga davomiyligi oʻn kalendar kun, yigirma yildan ortiq ish stajiga ega boʻlganlarga esa davomiyligi oʻn besh kalendar kun qoʻshimcha taʼtil beriladi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi 837–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4–5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2000-yil, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 9-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 79-moddaning matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentyabrda qabul qilingan “Veterinariya toʻgʻrisida”gi 935–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrda qabul qilingan OʻRQ–397-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 12, 453-modda; 2017-yil, № 10, 605-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 7-modda:
nomidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasining” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (bundan buyon matnda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi deb yuritiladi)”;
ikkinchi qismidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 10-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10-modda. Davlat veterinariya xizmatini boshqarish
Davlat veterinariya xizmati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasidan, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalaridan, Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasidan, tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlaridan, laboratoriyalardan, “Oʻzbekchorvanasl” agentligidan, Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazidan, Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha Davlat ilmiy markazidan, Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutidan, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va uning akademik litseyidan, shuningdek veterinariya uchastkalaridan, bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalaridan, chegara va transportdagi veterinariya punktlaridan (uchastkalaridan) hamda boshqa muassasalardan iboratdir.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga rais rahbarlik qiladi. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining mansabdor shaxslari quyidagi tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi:
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan uning nomzodi maʼqullanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarining boshliqlari viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari boshliqlari tegishincha tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarining boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi;
Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazining, Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha davlat ilmiy markazining, Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining, Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasining, shuningdek chegara va transportdagi veterinariya punktlarining (uchastkalarining) rahbarlari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Davlat veterinariya xizmatining boshqa muassasalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga, shuningdek tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobdordir.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
3) 12-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektoridir, uning oʻrinbosarlari – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektorining oʻrinbosarlaridir (bundan raisning iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari va rais oʻrinbosari – “Oʻzbekchorvanasl” agentligining bosh direktori mustasno), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining, Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasining veterinar mutaxassislari – oʻz vakolatlari doirasida davlat veterinariya inspektorlaridir”;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarining boshliqlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlaridir, ularning oʻrinbosarlari – tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlarining oʻrinbosarlaridir”;
toʻrtinchi qismidagi “Tumanlar (shaharlar) veterinariya boʻlimlarining” degan soʻzlar “Tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 14-moddaning ikkinchi qismidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 17-moddaning ikkinchi qismidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 19-modda birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 22-moddaning beshinchi qismidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 27-moddaning uchinchi qismidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar) 391-moddasi birinchi qismining 12-bandi chiqarib tashlansin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 112-moddaning:
nomidagi “Mexanizatorlar” degan soʻz “Traktorchi-mashinistlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Traktorchi-mashinistlar tomonidan traktorlar, kombaynlar, boshqa oʻziyurar qishloq xoʻjalik, melioratsiya, yoʻl-qurilish mashinalaridan texnik jihatdan foydalanish qoidalarini va texnika xavfsizligi qoidalarini qoʻpol ravishda buzish”;
2) 125-moddaning sakkizinchi qismidagi “avtomobillar va traktorlar, boshqa xil oʻziyurar mashinalar” degan soʻzlar “avtomobillar va traktorlar, qishloq xoʻjalik, melioratsiya, yoʻl-qurilish mashinalari va boshqa oʻziyurar mashinalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 1973-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1973-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning hamda uning devoni xodimlarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish
Mansabdor shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda uning devoni xodimlari oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmaslik, ularning ishiga toʻsqinlik qilish, ularga bila turib yolgʻon axborot berish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan murojaatlarni, xulosalarni, taqdimnomalarni, iltimosnomalarni koʻrib chiqmasdan qoldirish yoki ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoxud ular yuzasidan bila turib qasddan ishonchsiz maʼlumotlarni taqdim etish, –
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
4) 2457-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2457-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeksning 65, 66, 67, 68, 69-moddalarida (qishloq xoʻjaligi yerlari bilan bogʻliq qismi), 74-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 75, 76-moddalarida (sunʼiy suv inshootlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan suv resurslaridan foydalanishga oid qismi), 87-moddasida (qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilishi texnikasiga oid qismi), 89 va 891-moddalarida (qishloq va suv xoʻjaligiga oid qismi), 92-moddasida (naslchilikka oid qismi), 1041, 1042-moddalarida, 107-moddasida (qishloq xoʻjaligiga oid qismi), 112-moddasida, 125-moddasining beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 135, 139, 140, 141-moddalarida (qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilishi texnikasiga oid qismi), 1761-moddasida (qishloq va suv xoʻjaligiga oid qismi), 200, 212, 213, 214, 22714-moddalarida (qishloq va suv xoʻjaligiga oid qismi) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazolarni qoʻllashga Inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, Inspeksiya hududiy boshqarmalarining hamda Inspeksiya tumanlar (Quvasoy shahar) boʻlimlarining boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari haqlidir”;
5) quyidagi mazmundagi 2458-modda bilan toʻldirilsin:
“2458-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda uning devoni xodimlari
Ushbu Kodeksning 1973, 2411–24111-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda uning devoni xodimlari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi”;
6) 259-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasining” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Naslchilik toʻgʻrisida”gi 165–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 255-modda; 1997-yil, № 4–5, 126-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 6-modda bilan toʻldirilsin:
“6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Oʻzbekchorvanasl” agentligining naslchilik sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Oʻzbekchorvanasl” agentligi:
naslchilik subyektlarini davlat attestatsiyasidan oʻtkazadi va naslchilik xoʻjaliklarining maqomi toʻgʻrisidagi guvohnomani beradi;
nasldor hayvonlar va nasldor podani tegishliligi boʻyicha davlat nasldor hayvonlar kitobiga hamda davlat naslchilik registriga kiritadi;
sunʼiy urugʻlantirishni tashkil etadi, naslchilik-seleksiya ishlarini takomillashtiradi;
chorvachilikda sof genofondni saqlab qolish va rivojlantirish uchun ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan naslchilik-seleksiya dasturlarini amaliyotga tatbiq etadi hamda muvofiqlashtiradi;
chorvachilikda naslchilik ishini va nasldorlik sifatini yaxshilash uchun naslchilik resurslarini yaratadi, saqlaydi, koʻpaytiradi hamda ulardan oqilona foydalanadi”;
2) 7-moddaning:
nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi”;
uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi – oʻninchi xatboshilari tegishincha uchinchi – toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
3) 9-modda:
nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi va ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 11-moddaning beshinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Oʻzbekchorvanasl” agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 15-moddaning ikkinchi qismidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 16-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 21-moddaning ikkinchi qismidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 22-moddaning uchinchi qismidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi 270–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustda qabul qilingan 395–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 156-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda) 4-moddasining uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi 483–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 239-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 1, 3-modda, № 8, 470-modda) 4-moddasining birinchi qismidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi 71–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 142-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2011-yil, № 9, 245-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda; 2018-yil, № 10, 670-modda) 21-moddasining birinchi qismiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“litsenziatlar litsenziya talablari va shartlariga rioya etayotganligi ustidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ bilan kelishilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazish”;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi – yettinchi xatboshilar tegishincha uchinchi – oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 11-mayda qabul qilingan “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 215–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 84-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 470-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 8-moddaning birinchi qismidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 10-moddaning matnidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi 712–II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-iyulda qabul qilingan OʻRQ–483-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 428-modda) 14-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14-modda. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarni oʻtkazishda Palataning ishtirok etishi
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun Palata:
ularning faoliyatini tekshirishlarda bevosita ishtirok etadi;
oʻtkaziladigan tekshiruvlarning qonuniyligi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning tekshirishlar yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlari ustidan shikoyat qiladi”.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan OʻRQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda; 2009-yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013-yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452, 454-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 384, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772, 773-moddalar; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 10, 676-modda, № 12, 781, 783-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 2, 3-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 166-moddalar, № 8, 471-modda, № 9, 589-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 30-moddaning beshinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 329-moddaning birinchi qismi:
21-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda ularning joylardagi organlari” degan soʻzlar “hamda uning joylardagi organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 39 va 40-bandlar bilan toʻldirilsin:
“39) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning joylardagi organlari – qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik boʻyicha davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
40) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil – tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini koʻzlab berilgan daʼvolar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan”;
3) 330-moddaning birinchi qismi:
8-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda ularning joylardagi organlari” degan soʻzlar “hamda uning joylardagi organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 25 va 26-bandlar bilan toʻldirilsin:
“25) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning joylardagi organlari – qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik boʻyicha davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
26) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil – tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini koʻzlab berilgan daʼvolar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan”;
4) 3301-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 15-band bilan toʻldirilsin:
“15) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil – tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini koʻzlab berilgan arizalar (shikoyatlar) yuzasidan”.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ–360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda) 72-moddasi 2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “davlat veterinariya boʻlimlari” degan soʻzlar “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi OʻRQ–363-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 12, 352-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 9, 591-modda) 11-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
birinchi qismdagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismning sakkizinchi xatboshisidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil toʻgʻrisida”gi OʻRQ–440-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 8, 384-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 7-modda:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tadbirkorlik subyektlari faoliyatining tekshiruvlarini muvofiqlashtirishni hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshiruvlari oʻtkazilishining qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshirish”;
beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilari tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 8-moddaning birinchi qismi:
beshinchi xatboshisidagi “koʻrib chiqilishi” degan soʻzlar “bajarilishi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisidagi “arizalar va daʼvolar” degan soʻzlar “arizalar, daʼvolar va shikoyatlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan qonun hujjatlari buzilishi holatlari yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish”;
3) 10-moddaning ikkinchi qismidagi “koʻrib chiqilishi” degan soʻzlar “bajarilishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 18-moddaning toʻrtinchi qismi “vakilning” degan soʻzdan keyin “va uning devoni xodimlarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 21-moddaning:
nomidagi “oʻrinbosari” degan soʻz “oʻrinbosarlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan ikki nafar oʻrinbosari boʻladi”;
ikkinchi qismidagi “oʻrinbosari” degan soʻz “oʻrinbosarlaridan biri” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 22-modda:
ikkinchi qismidagi “oʻrinbosari” degan soʻz “oʻrinbosarlaridan biri” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Vakil devonining xodimlari maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan qonun hujjatlari buzilishi holatlari yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish huquqiga egadir”;
beshinchi va oltinchi qismlari tegishicha oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
7) 23-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilni va uning oʻrinbosarlarini ijtimoiy himoya qilish
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil – maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport taʼminoti shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosariga, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosarlari – maqomi, mehnatga haq toʻlash va tibbiy taʼminoti shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining shoʻba mudiriga tenglashtiriladi”.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ–460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
1) 373-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil ishda ishtirok etgan-etmaganligidan qatʼi nazar, qonuniy kuchga kirgan, mazkur ish yuzasidan qabul qilingan hal qiluv qarori, ajrim va qaror ustidan shikoyat qilishga haqli, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno”;
2) 403-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar bundan mustasno sudning qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida koʻrilmagan hal qiluv qarori ustidan, u qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida kassatsiya tartibida shikoyat qilishi va prokuror protest keltirishi mumkin”.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ–461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 282-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida koʻrilmagan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqlidir, bundan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
2) 307-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari, agar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ushbu sud hujjatlari tufayli buzilgan boʻlsa, ushbu shaxslarning shikoyatlari boʻyicha yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining va uning oʻrinbosarlarining protesti boʻyicha, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning shikoyatlari boʻyicha, bundan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar hamda tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan nazorat tartibida qayta koʻrilishi mumkin”.
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan OʻRQ–462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 224-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida koʻrilmagan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqlidir, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
2) 249-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud hujjatlari ustidan ishda ishtirok etuvchi shaxslar, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sudning hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar tomonidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan nazorat tartibida shikoyat qilinishi mumkin, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan sud ishlari mustasno”.
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-fevralda qabul qilingan “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi OʻRQ–521-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 2, 46-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-modda oʻn birinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “urugʻliklar turkumi” degan soʻzlar “urugʻliklar toʻdasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 5-modda oltinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “urugʻlik ekinzorlari” degan soʻzlar “urugʻlik ekinlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 8-modda:
birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “turkumiga” degan soʻz “toʻdasiga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “turkumining” degan soʻz “toʻdasining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 11-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligi sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini, shu jumladan paxta chigitini va boshoqli don ekinlarining urugʻliklarini tayyorlash, ulardan foydalanish hamda ularni eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantiradi;
mahalliy va xorijiy seleksiya navlarining, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urugʻchiligini tashkil etadi hamda rivojlantiradi;
qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini yetishtirish, qayta ishlash hamda saqlash boʻyicha normativ talablarni xalqaro standartlarga va texnik reglamentga muvofiq ishlab chiqadi;
urugʻchilik sohasida ilmiy va tajriba-eksperimental tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
urugʻchilik boʻyicha xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi, urugʻliklarga ekishdan oldin ishlov berishga hamda ularni qayta ishlashga oid innovatsion texnologiyalarni, ushbu sohadagi nou-xaularni joriy etadi;
qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining navlarini sinashga doir ishlarni tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlarining davlat reyestrini yuritadi;
urugʻchilik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari navlarining sinoviga doir ishlarni tashkil etadi;
paxta chigitini va boshoqli don ekinlarining urugʻliklarini olib chiqish uchun ruxsat beradi;
qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish hajmlariga doir maqsadli prognoz koʻrsatkichlarni belgilaydi;
urugʻlik ekinlarni joylashtirish uchun urugʻchilik xoʻjaliklarini aniqlaydi;
urugʻlik ekinlarni aprobatsiyadan oʻtkazishda ishtirok etadi”;
5) 13-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazining urugʻchilik sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi:
Urugʻlik yetishtiruvchilarning reyestrini shakllantiradi va yuritadi;
urugʻchilik sohasida ilmiy va tajriba-eksperimental tadqiqotlar oʻtkazishga, ushbu soha korxonalarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashadi;
oʻz rasmiy veb-saytida mahalliy va chet eldan keltirilgan urugʻliklar, ularning navlari, gibridlari, toifalari, ularni yetishtirish hajmlari haqidagi, shuningdek urugʻliklarning narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi”;
6) 15-moddaning matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 16-modda:
nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 17-modda:
nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “turkumlariga” degan soʻz “toʻdalariga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “turkumlarining” degan soʻz “toʻdalarining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
9) 18-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Urugʻliklarning genetik (nav) sifati urugʻlik yetishtirish uchun foydalaniladigan urugʻlik ekinlarning aprobatsiyasi, urugʻlik ekinlarning navlarini tuproqqa ekib baholash, urugʻliklarning laboratoriyada oʻtkaziladigan nav sinovlari natijalari boʻyicha aniqlanadi”;
10) 19 va 20-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19-modda. Urugʻlik yetishtirish uchun foydalaniladigan urugʻlik ekinlarning aprobatsiyasi
Urugʻlik yetishtirish uchun foydalaniladigan urugʻlik ekinlarning aprobatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hududiy organlarining, shuningdek tegishli tayyorlov hamda taʼminot tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning qoʻshma qarori bilan tuziladigan tuman aprobatsiya komissiyalari tomonidan oʻtkaziladi.
Urugʻlik yetishtirish uchun foydalaniladigan urugʻlik ekinlarning aprobatsiyasi oʻsimliklarning genetik (nav) jihatdan sofligining, zararkunandalar bilan zararlangan-zararlanmaganligining, kasalliklarga chalingan-chalinmaganligining va urugʻliklar umumiy holatining dalada oʻtkaziladigan tekshiruvi orqali amalga oshiriladi.
Urugʻlik yetishtirish uchun foydalaniladigan urugʻlik ekinlarning aprobatsiyasini oʻtkazish natijalariga koʻra tuman aprobatsiya komissiyalari tomonidan manfaatdor tashkilotlarga va jismoniy shaxslarga aprobatsiya dalolatnomasi beriladi.
Urugʻlik yetishtiruvchilar shaxsiy foydalanishdagi urugʻlik ekinlarning aprobatsiyasini aprobatsiya dalolatnomasini rasmiylashtirgan holda oʻtkazishga haqli.
20-modda. Urugʻlik yetishtirish uchun foydalaniladigan urugʻlik ekinlarni tuproqqa ekib baholash
Urugʻlik yetishtirish uchun foydalaniladigan urugʻlik ekinlarni tuproqqa ekib baholash urugʻliklarni maxsus uchastkalarda ekish va kelgusida ularning genetik (nav) sifatini tekshirish orqali urugʻliklarning muayyan turga, navga mansubligini hamda nav jihatdan sofligini belgilaydi.
Urugʻlik yetishtirish uchun foydalaniladigan urugʻlik ekinlarni tuproqqa ekib baholash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
Urugʻlik yetishtirish uchun foydalaniladigan urugʻlik ekinlarni tuproqqa ekib baholashni oʻtkazish natijalariga koʻra manfaatdor tashkilotlarga va jismoniy shaxslarga urugʻliklarning genetik (nav) sifati toʻgʻrisida xulosa beriladi”;
11) 21-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 22-modda:
birinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “turkumlaridan” degan soʻz “toʻdalaridan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Urugʻliklar toʻdalaridan namunalar ajratib olish, ularning tahlilini oʻtkazish va urugʻliklarning ekinboplik sifatlarini aniqlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi”;
13) 23-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 24-moddaning birinchi va toʻrtinchi qismlaridagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” degan soʻzlar “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 28-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Paxta chigitini va boshoqli don ekinlarining urugʻliklarini olib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini olib chiqish uchun maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi”;
16) 31-moddaning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Urugʻchilik sohasidagi ilmiy tadqiqotlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, tegishli tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy taʼlim muassasalari, shuningdek boshqa ilmiy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi”.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
21-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Toshkent shahri,
2019-yil 12-noyabr
№ OʻRQ—583
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring