“Bavariya” “Frayburg”ni ayab oʻtirmadi
Kecha, 22-noyabr kuni Germaniya Bundesligasining 11-turi oʻyinlari start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Bavariya“ klubi oʻz maydonida “Frayburg“ni qabul qildi. Ushbu bahs “myunxenliklar“ning 6:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Qizigʻi, oʻyindagi dastlabki 2 ta golni mehmonlar kiritdi. Gollar Suzuki va Manzambi hisobiga yozildi.
Buyogʻiga uchrashuv tom maʼnoda fransuz hujumchisi Maykl Olisega ataldi desa boʻladi. Ushbu futbolchi oʻyin davomida 2 ta gol kiritishdan tashqari, Upamekano, Jekson va Karlning gollariga assistentlik qildi.
Yana bir gol esa Pavlovichning uzatmasidan keyin Harri Keyn hisobiga yozildi. Yakuniy hisob — 6:2.
Oʻyindan soʻng, “Sofascore” portali Maykl Oliseni oʻyin qahramoni deb eʼtirof etdi. Futbolchining harakatlari portal tomonidan maksimal — 10 ball bilan baholandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring