“Bashakshehir” Turkiya Superligasini durang bilan boshladi
Kecha, 17-avgust Turkiya Superligasining 2-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Tur doirasida oʻzbekistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev toʻp surayotgan “Istanbul Bashakshehir” klubi oʻz maydonida Qayseri shahrining “Qayserispor” jamoasini qabul qildi.
Mazkur bahs 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi. “Istanbulliklar” tarkibida golga Ivan Brnich mualliflik qildi. Mehmonlar kiritgan gol esa Migel Kardoso hisobiga yozildi.
Oʻzbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va 70-daqiqada Beyaz Farukka almashtirildi. Eldorning oʻyini “Sofascore” portali tomonidan 6,7 ballga baholandi.
“Bashakshehir” Turkiya chempionatidagi keyingi oʻyinini 24-avgust kuni “Rizespor”ga qarshi oʻtkazadi. Maʼlumot uchun, ushbu klubda ham oʻzbekistonlik futbolchi – Husniddin Aliqulov toʻp surmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring