“Barselona”ning sobiq futbolchisi jinsiy zoʻravonlikda ayblanib 4,5-yilga qamaldi
Foto: EPA
Ispaniya sudi Braziliya terma jamoasi va “Barselona” klubining sobiq himoyachisi Dani Alvesni 2022-yilda Barselonadagi tungi klubda jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topdi va toʻrt yarim yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Kataloniya Oliy sudi, shuningdek, Alves jabrlanuvchiga 150 ming yevro toʻlashi kerak degan qarorga keldi.
U 2023-yilning yanvarida hibsga olingan va shundan beri qamoqda saqlanayotgan edi. Tergovchilarga koʻra, Alves 2022-yil 31-dekabr kuni erta tongda Barselonadagi “Satton” klubida jinsiy zoʻravonlik qilganini rad etdi. Uning aytishicha, jinsiy aloqa uchun rozilik boʻlgan.
“Jabrlanuvchi rozilik bermagani isbotlangan va daʼvogarning koʻrsatmasidan tashqari, zoʻrlash isbotlangan, deb hisoblash uchun dalillar mavjud”, deyiladi sud bayonotida. Alves hukm ustidan shikoyat qilishi mumkin.
Alves oʻz faoliyatida 46 ta sovrinni qoʻlga kiritgan va dunyoning eng sovrindor futbolchisi hisoblanadi. Braziliyalik himoyachi 2008-yildan 2016-yilgacha Ispaniyaning “Barselona” klubida sakkiz mavsum oʻtkazib, olti marta La Liga, uch marta Chempionlar Ligasi va toʻrt marta Qirol kubogini yutgan. Turinning “Yuventus” jamoasi bilan Italiya chempionati va mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan. Parij Sen-Jermen bilan uch marta Fransiya chempioni boʻldi, shuningdek, Liga kubogi va Superkubogida gʻolib chiqqan.
2019-yild Alves Braziliyaning “San-Paulu” jamoasi tarkibida Amerika kubogining eng yaxshi futbolchisi deb topildi va 2020-yilda Braziliya terma jamoasi bilan Tokio Olimpiadasida gʻolib chiqdi.
2022-yil Qatarda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Alves Braziliya terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan eng keksa (39 yosh, 6 oy va 27 kun) futbolchiga boʻlgandi. U Braziliya terma jamoasi safida 126 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring