“Barselona”da “aza”, Madridda bayram: YECHLsining birinchi turi yakunlandi (+toʻliq jadval)
Yevropa Chempionlar Ligasining 1-turidan oʻrin olgan soʻnggi oʻyinlar boʻlib oʻtdi. Yangi formatda boʻlib oʻtayotgan YChLning dastlabki oʻyinlari juda qiziqarli kechdi.
Turnirning eng sensatsion natijasi “Barselona” bilan sodir boʻldi. Kataloniyaliklar safarda “Monako” mehmoni boʻldi. Uchrashuvning 10-daqiqasida Erik Garsiyaning qizil olishi oʻyinni tubdan oʻzgartirib yubordi.
Bir kishi kam boʻlib qolgan “Barselona” 16-daqiqada Akliushning super yurishidan soʻng hisobda orqada qola boshladi. 28-daqiqada esa Lamin Yamal ajoyib zarba bilan hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi boʻlimda “Monako” ikkinchi golni urishga muvaffaq boʻldi. 71-daqiqada Ilenikena oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishgʻol etilmadi va “Monako” 2:1 hisobida gʻalabaga erishdi.
Angliyaning eng yaxshi klublaridan biri “Arsenal” esa “Atalanta”ga qarshi bahs olib bordi va 0:0 hisobida durang qayd etdi.
“Atletiko” “Leypsig” ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Madridliklar safida Grizman va Ximenes gol muallifiga aylangan boʻlsa, nemis klubi tarkibida Sheshko yagona golni urdi.

YChL
1-tur
“Monako” – “Barselona” 2:1
Gollar: 1:0 – 16 Akliush, 1:1 – 28 Yamal, 2:1 – 71 Ilenikena.
Chetlatish: Erik Garsiya (10).
“Atalanta” – “Arsenal” 0:0
Chetlatish: Ederson (12).
“Atletiko” – “Leypsig” 2:1
Gollar: 0:1 – 4 Sheshko, 1:1 – 28 Grizmann, 2:1 – 90 Ximenes.
“Brest” – “Shturm” 2:1
Gollar: 1:0 – 23 Manetti, 1:1 – 45+1 Fernandesh (avtogol), 2:1 – 56 Sima.
“Srvena Zvezda” – “Benfika” 1:2
Gollar: 0:1 – 9 Aktyurkoglu, 0:2 – 29 Kekchyu, 1:2 – 86 Milson.
“Feyenoord” – “Bayer” 0:4
Gollar: 0:1 – 5 Virs, 0:2 – 30 Grimaldo, 0:3 – 36 Virs, 0:4 – 44 Vellenroyter (avtogol).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring