“Barselona” sentyabr oyida oʻz stadioniga qaytishi mumkin

13:41 06 Avgust 2025 Sport
161 0

Barselona sentyabr oyida “Spotify Camp Nou” stadioniga qaytishi mumkin. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.

“Barselona” joriy yil yozida bir nechta muammolarga duch keldi va ulardan biri — “Spotify Camp Nou” stadioni holati bilan bogʻliq. Klub yangi mavsumning 4-turi doirasida oʻtadigan “Valensiya”ga qarshi bahsni oʻz stadionida oʻtkazishni rejalashtirgan edi. Jamoa shunga yaqin turibdi.

Dastlab, “Barselona” oʻz uyi — “Spotify Camp Nou” stadioniga 2024-yilning noyabr oyida qaytishni rejalashtirgandi, biroq bu reja imkonsiz boʻlib chiqdi. Keyinchalik yangi maqsad sifatida 2025-yilning fevral va may oylari belgilandi, ammo bu muddatlar ham amalga oshmay qoldi. Endi esa yangi reja — 2025/26-yilgi mavsumning sentyabr oyida stadionga qaytish boʻlib turibdi.

Ushbu rejaga koʻra, “Barselona” 60 ming nafar muxlisni stadionga kiritishni maqsad qilgan. Bu orqali klubning oʻyin kuni daromadlarini sezilarli darajada oshadi va moliyaviy muammolarini yengillashtirishga yordam beradi. Ammo hozircha buning imkoni yoʻq. Shu sababli klub bu koʻrsatkichni ikki baravar kamaytirishga, yaʼni 30 ming muxlisni qabul qilishga qaror qildi.

Mahalliy nashrlarda, aynan shu oʻzgarish tufayli “Valensiya”ga qarshi bahsni “Spotify Camp Nou”da oʻtkazish imkoniyati oshgani taʼkidlanmoqda. Chunki Barselona shahar kengashi tomonidan shu gʻoya maʼqullangan.

Endi “Barselona” yaqin kunlarda shahar hokimiyati, La Liga va UEFAga ushbu stadionda butun mavsum davomida oʻynash borasida rasmiy xat yuboradi. Mazkur masala kelgusi 20 kunda hal boʻlishi aytilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер