“Barselona” rasman Xavini bosh murabbiy sifatida tanishtirdi

23:04 08 Noyabr 2021 Sport
1255 0

Foto: Reuters

Xavi Ernandes rasman “Barselona” klubi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

«Kamp Nou» stadionida yangi bosh murabbiyning taqdimoti oʻtkazildi. Xavi stadionda yangi shartnomaga imzo chekdi.

“Barselona” va Xavi oʻrtasida shartnoma 2024-yilning yoziga qadar amal qiladi. U bu lavozimda ishlab kelgan gollandiyalik mutaxassis Ronald Kumanni oʻrniga tayinlandi. 

28-oktyabr kuni “Barselona” 2020-yil avgustidan Kataloniya klubini boshqarib kelgan bosh murabbiy Ronald Kuman isteʼfoga chiqargan edi. Uning rahbarligida jamoa Ispaniya kubogini qoʻlga kiritdi va mamlakat chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi. Joriy mavsumda esa 11 oʻyinda 16 ochko toʻplagan “Barselona” chempionat jadvalida 9-oʻrinni egallab turibdi.

Xavi murabbiylik faoliyatini 2019-yilda Qatarning “As-Sadd” klubida boshlagan edi.

Xavi “Barselona” klubi afsonalaridan biri hisoblanadi. U futbolchilik faoliyati davomida 17 yil mazkur jamoa sharafini himoya qilgan. 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?