“Barselona” La Liga markaziy oʻyinida gʻalaba qozondi
Kecha, 2-dekabr kuni Ispaniya La Ligasining 19-turi doirasida oʻtkazilgan “Barselona” va “Atletiko Madrid” oʻyini boʻlib oʻtdi. Mazkur bahsda 3:1 hisobi oʻrin oldi va Kataloniya klubi gʻalaba qozondi.
Uchrashuvda hisob 19-daqiqada “Atletiko Madrid” futbolchisi Alexandro Baena tomonidan ochildi. Oradan 7 daqiqa oʻtib, Rafinya hisobni tenglashtirdi. Eslatib oʻtamiz, Rafinya “Barselona” safidagi soʻnggi golini 6 ta oʻyin oldin “Valensiya” darvozasiga kiritgan edi. Birinchi boʻlim 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 65-daqiqasida Dani Olmo hisobni 2:1 koʻrinishiga keltirdi. Oʻyinga hakam tomonidan qoʻshib berilgan daqiqalarda esa Ferran Torres bahsdagi soʻnggi golni kiritdi. Yakuniy hisob — 3:1. Markaziy oʻyinda gʻalaba qozongan “Barselona” La Liga jadvalida yaqqol peshqadam boʻlib oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring