“Barselona” “Bavariya” yetakchisiga qiziqish bildirmoqda
Ispaniyaning “Barselona” jamoasi “Bavariya” klubi va Angliya terma jamoasi forvardi Harri Keyn bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Bu haqda “El Nacional” nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, jamoa bosh murabbiyi Hans Flik va klub rahbari Laporta yosh futbolchilardan tashkil topgan “Barselona”ning markaziy hujumida oʻyinni nazorat qila oladigan, tajribali futbolchi boʻlishi kerak degan fikrda. Oʻz navbatida, Harri Keyn jamoadan ketishi kutilayotgan Robert Levandovskiyga munosib oʻrinbosar boʻlishi mumkin.
Lekin angliyalik futbolchining “Bavariya” bilan shartnomasi 2027-yilning yozida tugaydi. “Nemislar” 32 yoshli hujumchini 80 million yevrodan kamga sotmoqchi emas.
Maʼlumot uchun, Keyn 2023-yilning avgust oyida 95 million yevro evaziga “Bavariya” jamoasiga koʻchib oʻtgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring