“Barselona” afsonasi faoliyatini yakunlashini eʼlon qildi
Jahon futbolidagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachilaridan biri Serxio Buskets futbolchilik faoliyatini yakunlaydi. Bu haqida COPE nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, ayni paytda AQShning “Inter Mayami” jamoasida toʻp surayotgan futbolchi ushbu mavsum soʻnggida futboldagi faoliyatini yakunlaydi. Klub esa u bilan shartnomani uzaytirish niyatida, ammo Buskets allaqachon yakuniy qarorga kelib boʻlgan. Bu haqda futbolchi oʻzining Instagram sahifasi orqali maʼlum qildi.
“Hammaga va futbolga rahmat. Siz har doim bu goʻzal hikoyaning bir qismi boʻlasiz!” deb yozgan Buskets.
Maʼlumot uchun, Serxio Busketsning faoliyatidagi eng yorqin davr “Barselona” bilan bogʻliq. U mazkur jamoa tarkibida toʻp surib, jami 32 ta sovrin yutgan, klub safida 722 ta oʻyin oʻtkazgan. Bu “kataloniyaliklar” tarixida Messi va Xavidan keyinggi uchinchi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Shuningdek, futbolchi Ispaniya terma jamoasi bilan Jahon va Yevropa chempioni boʻlgan. Terma jamoa tarkibida 139 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring