Barqaror rivojlanish maqsadlari va yangi vositalar
Kecha Toshkent shahridagi “International” mehmonxonasida “Barqaror rivojlanish maqsadlari va resurslarni jalb qilishning yangi vositalari”
Unda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva, BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili
T. Norboyeva oʻz nutqida Oʻzbekiston ham Barqaror rivojlanish maqsadlarini qabul qilgani hamda 16
Barqaror rivojlanish maqsadlari Oʻzbekiston Prezidentining doimiy eʼtibor markazida boʻlib, BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida bu borada muhim tashabbuslar ilgari surib kelinmoqda. Xususan, 2020-yilda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va inson huquqlarini taʼminlashda parlamentlar rolini oshirish toʻgʻrisidagi BMT Bosh Assambleyasi maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi bildirilgan edi.
Shu tashabbus doirasida joriy yilda Buxoro shahrida dunyo tarixida ilk marotaba Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan xalqaro forum oʻtkazildi va yakunda Buxoro deklaratsiyasi qabul qilindi.
Tadbirda Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning oʻz vaqtida hamda sifatli ijro etilishini taʼminlash, shuningdek, bu borada taʼsirchan parlament nazoratini olib borish maqsadida Oliy Majlis palatalari rahbarlari boshchiligida Parlament komissiyasi tashkil etilgani ham aytib oʻtildi.
Oʻz navbatida, shu kunga qadar yurtimizda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni inobatga olgan holda, 190 dan ortiq strategiya, konsepsiya va normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilib, hayotga tatbiq qilinayotgani eʼtirof etildi. Birgina oʻtgan yilda Davlat byudjetining 72 foizi bevosita barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun yoʻnaltirilgani ham bu boradagi ishlar koʻlami qanchalik keng ekanligidan dalolat berib turibdi.
Shuningdek, xalqaro anjumanda qator vazirlik va idoralar rahbarlari maʼruza bilan qatnashib, BRMning maqsad va vazifalari hamda ularning mohiyatiga alohida toʻxtaldilar.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring