Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar talaba yoshlar ishtirokida muhokama qilindi

14:10 14 Noyabr 2023 Jamiyat
135 0

Respublikada BRM oyligi boʻlib oʻtmoqda. Mazkur oylik doirasida esa barcha joylarda manfaatdor idora va tashkilotlar, xorijiy ekspertlar ishtirokida tadbirlar, konferensiyalar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Kuni kecha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Barqaror rivojlanish maqsadlari va yoshlar” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbatida Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti, Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi vakillari, Yoshlar ishlari agentligi masʼullari hamda respublikamizning barcha oliy taʼlim muassasalaridan iqtidorli talabalar ishtirok etdi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad talabalarga Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) tamoyillari va gʻoyalari hamda ularga erishish mexanizmlari haqida maʼlumot berishdan iborat. Davra suhbatida ishtirokchilarga BRMning 17 ta maqsadi konsepsiyasi va ularni amalga oshirish yoʻllari haqida batafsil maʼlumot berildi. 

Taʼkidlanganidek, yoshlarning oʻzlari BRMlarni amalga oshirishda xabardorlikni oshirish, maʼlumotlarni toʻplash va ulardan foydalanish, mahalliy va milliy miqyosda tashabbus koʻrsatish, monitoring va erishilgan ishlar boʻyicha hisobot berish orqali ishtirok etmoqda.

Shu bilan birga, talabalar oʻrtasida yoshlarning moliyaviy, huquqiy va ekologik savodxonligini oshirish, volontyorlik, gender tenglik, xayriya, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga huquqiy yordam koʻrsatish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, davra suhbati doirasida yoshlarning siyosiy bilimi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish, bilimli va iqtidorli yoshlarni aniqlashga qaratilgan “Konstitutsiya bilimdoni” intellektual viktorinasida talabalar onlayn tarzda qatnashdi.

Viktorinada yuqori koʻrsatkichlarga erishgan, eng faol yoshlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?