Barcha yoshdagi farzandlarning taʼlimiga yoʻnaltirilgan toʻlovlari soliqdan ozod qilinadi
Prezidentning “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi.
Unga koʻra:
— 2023-yil 1-avgustdan boshlab soliq toʻlovchilar tomonidan yoshidan qatʼi nazar farzandlarining Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishlari uchun yoʻnaltiriladigan toʻlovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi;
— 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab oliy taʼlim tashkilotlari yurisprudensiya yoʻnalishida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalariga advokatlik tuzilmalarida mehnat qonunchiligiga muvofiq oʻqishdan boʻsh vaqtda advokat yordamchisi sifatida ish faoliyatini olib borishga ruxsat etiladi.
Shuningdek, 2023/2024-oʻquv yili boshlanguniga qadar:
— barcha taʼlim turlari va bosqichlaridagi Konstitutsiyani oʻrganish boʻyicha oʻquv rejalari va taʼlim dasturlari qayta koʻrib chiqilib, ular yangi tahrirdagi Konstitutsiya norma va qoidalariga moslashtiriladi.
— oʻquvchilarga, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, yangi tahrirdagi Konstitutsiyani oʻrgatish boʻyicha zamonaviy metodika asosida darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va maxsus adabiyotlarni yaratish choralari koʻriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Oʻzbekiston – dunyoga hali ochilmagan ilm xazinasi” — Xalqaro avtomobil federatsiyasi Prezidenti
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring