Barcha tibbiyot oliygohlarida oliy hamshiralik ishi yoʻnalishi ochiladi va kvota 2 karra oshiriladi
Kelgusi yildan barcha tibbiyot oliygohlarida oliy hamshiralik ishi yoʻnalishi ochiladi va kvota 2 karra, 2027-yildan esa kamida 20 foizdan oshirib boriladi.
Bundan maqsad – yaqin yillarda oliy maʼlumotli hamshiralarning ulushini 10 foizga yetkazish.
Oliy maʼlumotga ega, shifokor bilan yonma-yon turadigan bunday hamshiralarning mehnati munosib ragʻbatlantiriladi. Kelgusi yildan oliy maʼlumotli hamshiralarning maoshiga 100 foiz ustama beriladi.
Ayni paytda oʻrta maʼlumotli hamshiralarni tayyorlash tizimi ham oʻzgartiriladi.
Bu borada Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standart asosida hamshiralarni tayyorlash boshlandi. Buning davomi sifatida Germaniya, Shveysariya, AQSH kabi davlatlarning taʼlim dasturlari olib kiriladi.
Shular orqali xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamshiralarning korpusi shakllantiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring