Barcha tabiiy suv havzalarida 16-apreldan — 31-maygacha baliq ovlash taqiqlanadi

13:05 17 Mart 2025 Jamiyat
130 0

O‘zbekiston Respublikasining «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Amudaryo va Sirdaryoda 11-martdan 31-maygacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi tabiiy suv havzalarida 26-apreldan 10-iyungacha baliq ovlashga taqiqlanadi.

Shuningdek, boshqa barcha tabiiy suv havzalarida 16-apreldan — 31-maygacha bo‘lgan muddatda baliq ovlash taqiqlanadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan davrlar baliqlarning urchish-urug‘lanish,  ya’ni ko‘payish davri hisoblanadi. Baliqlar urchish davrida tuxum qo‘yadi va nasl ko‘paytiradi. Agar bu davrda baliqlar ovlansa, ularning soni keskin kamayib, turlar yo‘qolish xavfi tug‘iladi.

Ma’lumot uchun, mazkur hujjat istisno tarzida sun’iy suv havzalari yoki irrigatsiya tarmoqlaridagi intensiv baliq yetishtirish texnologiyasi va akvakulturaga, shuningdek, qafas (sadok) moslamalarida baliq yetishtirilishi va ovlanishiga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Taqiqlangan davr va taqiqlangan hududda baliq ovlash hamda baliq ovlash qoidalarini buzganlik ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?