Bank xodimlari fuqarolarning plastik kartochkalaridagi pullarini oʻgʻirlagani aniqlandi

11:16 19 Mart 2019 Jamiyat
3090 0

Illyustrativ foto

Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi banklardan birida (tergov manfaatlaridan kelib chiqqan holda bank nomi va gumondorlar ismi oshkor qilinmadi) oʻtkazilgan tekshiruv jarayonida “qingʻir ishning qiyigʻi” chiqib qoldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Bankning bir guruh mansabdor shaxslari ushbu bank mijozi hisoblangan 15 nafar fuqaroning bank plastik kartochkalaridan 2 yil davomida jami uch million soʻmdan ortiq pullarini, ularning login va parollaridan foydalangan holda talon-taroj qilish yoʻli bilan oʻgʻirlab kelganliklari aniqlandi.

Mijoz ishonchini oqlay olmagan yuqoridagi bank xodimlariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер