Bank kartalari haqida yuborilayotgan SMS xabarlar boʻyicha izoh berildi
Foto: Sanjar Shomurodov / “Xalq soʻzi”
Ijtimoiy tarmoqlarda tijorat banklari tomonidan fuqarolarga tegishli bank kartalari haqida SMS xabarlar yuborilayotgani haqida maʼlumotlar tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan Markaziy bank izoh berdi.
Unga koʻra, ushbu SMS xabarlar tijorat banklari tomonidan Markaziy bankning tegishli koʻrsatmasiga muvofiq fuqarolarni ularning nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari toʻgʻrisida xabardor qilish maqsadida yuborilmoqda.
“SMS xabarlarda keltirilgan bank kartalari raqamlari axborot xavfsizligi hamda kiberxavfsizlik talablaridan kelib chiqib, qisman berkitilgan tarzda aks ettirilgan”, — deyiladi Markaziy bank bayonotida.
Shuningdek, fuqarolar SMS xabarlarda qayd etilgan bank kartalari ularning nomiga rasmiylashtirilganligi bilan bogʻliq biror tushunmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga murojaat qilib, holatga aniqlik kiritishlari hamda foydalanmayotgan bank kartalarini yopishlari tavsiya qilingan.
Bundan tashqari, anʼanaviy usulda bank kartasi ochishdan tashqari fuqarolar nomiga bank kartalari firibgarlar tomonidan bank mobil ilovalaridagi fuqaro shaxsiy kabineti egallanishi oqibatida yoki fuqaroning oʻzi bank mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtish orqali rasmiylashtirilishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, 1-martdan Play Mobile kompaniyasi Uzcard tizimidagi SMS xabarnoma uchun tariflarni oshirishi haqida xabar berilgan edi. Unga koʻra, bitta SMS narxi 84,2 soʻmdan 168,4 soʻmga koʻtarilishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring