Bangladesh Taʼlim vaziri SamDUga tashrif buyurdi
Joriy yilning 6-noyabr kuni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiga Bangladesh Xalq Respublikasining Taʼlim vaziri doktor Chovdhuriy Rafiq ul Abrar boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Ushbu delegatsiyani qabul qilish marosimi noanʼanaviy tarzda, yaʼni “Taʼlim — barqaror rivojlanish uchun” mavzusidagi anjuman shaklida boʻlib oʻtdi. Tadbirni Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov ochib berdi va mehmonlarni samimiy qutladi.

Delegatsiya aʼzolaridan biri, Bangladeshning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Monirul Islom ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona aloqalar va taʼlim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligini qayd etdi. Bundan tashqari, u Oʻzbekistonning tarixiy shaharlari va buyuk mutafakkir olimlari qoldirgan ilmiy meroslari haqida gapirib, ularining ahamiyati haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.
Shundan soʻng, Taʼlim vaziri doktor Chovdhuriy Rafiq ul Abrar “Taʼlim — barqaror rivojlanish uchun” mavzusida maʼruza qilib, unda taʼlim tizimida barqaror rivojlanish tamoyillarini joriy etish, innovatsion oʻqitish usullari hamda ilmiy almashinuv imkoniyatlari, Bangladesh taʼlim tizimi, xalqaro loyihalar hamda talabalar almashinuvi, ikki mamlakat olimlarining tadqiqotlari xususida fikr yuritdi.
Uchrashuv yakunida SamDU rektori Bangladesh delegatsiyasiga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida oʻzaro ilmiy va taʼlimiy hamkorlikni yanada kengaytirish, uzoq muddatli oʻzaro manfaatli sherikchilikni mustahkamlash, laboratoriya resurslaridan samarali foydalanish zarurligini taʼkidladi.
Rustam Xolmurodov, shuningdek, Samarqand davlat universiteti va Bangladesh universitetlari oʻrtasida strategik hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bu orqali ilmiy tadqiqotlar, talabalar almashinuvi va oʻqituvchilar uchun seminarlar tashkil etish, shu bilan birga, YUNESKO va Osiyo banki grantlari bilan moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirish istagini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring