Baliqchi tumanida Omonariq arigʻi modernizatsiya qilinmoqda

13:00 05 Dekabr 2025 Jamiyat
141 0

Baliqchi tumanidagi Omonariq arigʻining holati oʻrganildi. Uzunligi 8,5 kilometr boʻlgan ushbu ariq 450 gektar sugʻoriladigan ekin maydonlarini suv bilan taʼminlab, tuman qishloq xoʻjaligi uchun muhim ahamiyatga ega.

Sugʻoriladigan yerlarni kafolatli suv bilan taʼminlash maqsadida ariqni loy-qumdan tozalash, suvning yoʻqotilishini kamaytirish va samaradorligini oshirish uchun betonlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu jarayon uchun zarur texnika va mexanizmlar jalb etilgan.

Ushbu ariq orqali Tumor, Farovon, Omonariq, Nurafshon va Sarnavul mahallalarining ekin maydonlariga suv yetkazib beriladi. Olib borilayotgan ishlar natijasida suvni 30 foizgacha tejash imkoniyati yaratiladi.

Muzaffarbek KARIMOV, jurnalist.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?