Baliq ovlash boʻyicha “Rosatom” xalqaro boʻlib oʻtdi

16:43 08 Avgust 2019 Jamiyat
2643 0

Rossiyada 1-2-avgust kunlari baliq ovlash boʻyicha “Rosatom” davlat korporatsiyasi tomonidan xalqaro festival tashkil etildi. U qayiqdan spinning usulida baliq ovlash shaklida oʻtkazildi.

Musobaqalar Rossiyada quvvati eng yuqori boʻlgan “Leningrad” AESga yaqin joyda boʻlib oʻtdi. Unda “Rosatom” tomonidan atom elektr stansiyalarini qurish loyihalari amalga oshirilayotgan Vengriya, Misr, Hindiston, Bangladesh va Turkiya davlatlaridan havaskor sportchilar ishtirok etdi.
Ham sport, ham oʻzaro doʻstlikni oʻzida ifodalagan ushbu festival mamlakatlar oʻrtasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, yaqin atrofdagi suv havzalari flora va fauna dunyosi uchun atom stansiyalari xavfsiz ekanligini koʻrsatishga qaratilgan.

Eʼtiborlisi, turnir davomida ovlangan baliq, oʻlchangach, qaytib dengizga qoʻyib yuborildi. Hakamlar sifatida esa ushbu yoʻnalish boʻyicha mamlakat va mintaqaviy musobaqalar gʻolib hamda sovrindorlari boʻlgan rossiyalik sportchilar qatorida Chexiya, Misrdan mustaqil ekspertlar ham qatnashdi. 
Tadbir soʻngida ishtirokchilarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. 
Unda Misr jamoasi gʻolib deb topildi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni mos ravishda Rossiya va Vengriya baliqchilari egallashdi. Vengriyadan kelganlar esa “Eng katta individual hissa” maxsus sovgʻasini qoʻlga kiritdi. Turkiya jamoasi gʻoliblikka boʻlgan intilishi uchun nominatsiya boʻyicha taqdirlandi.

Festival doirasida qatnashchilar “Leningrad” AESga ham tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Maʼlumot uchun, ushbu AES 2019-yilga kelib elektr energiyasi yopilishi boʻyicha Rossiyadagi eng kuchli uchtalikka kiritildi.

“Anchadan beri baliq ovi bilan shugʻullanib kelaman, biroq bu kabi turnirda birinchi marta ishtirok etdim, - deydi Misr jamoasi aʼzosi Ganem Hamid.- Bu ajoyib tajriba. Men festivalning barcha ishtirokchilaridan minnatdorman – ularning shijoati va sportga boʻlgan qiziqishi sabab musobaqalar murosasiz va qizgʻin kechdi. Jamoamiz Matrux provinsiyasidan tashrif buyurdi. U yerda yaqin orada Misrdagi ilk “El-Dabaa” atom elektr stansiyasi barpo etiladi. Bizga AESga yaqin hududda insonlar qanday yashayotganini koʻrish muhim edi. Kelib, biz unda xavfsizlik darajasi juda yuqori ekanligi, uning xodimlari qatʼiy intizomga ega haqiqiy professionalligini koʻrdik. Musobaqalar davomida biz “Leningrad” AESga yaqin Fin koʻrfazi havzasida choʻmilib, baliqlar koʻpligi va stansiya ekologiyaga hech qanday taʼsir qilmayotganiga ishonch hosil qildik.

Tadbirda ekologlar ishtirok etib, baliq ogʻirligini oʻlchash jarayonida dozimetrik nazoratni oʻtkazishdi.

- 30 kilometr masofada “Leningrad” AESi olib borayotgan koʻp yillik tadqiqotlar u atrof-muhitga hech qanday taʼsir koʻrsatmayotganini koʻrsatadi,- deya taʼkidladi atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi boshligʻi Aleksandra Tkacheva.

Maʼlumot uchun, “Leningrad” AES(LAES) - quvvati boʻyicha Rossiyadagi eng yirik stansiyadir(4000 MVt. dan ortiq). Bugun LAES RBMK-1000 tipidagi reaktorga ega uchta blokdan va VVER-1200 (“3+” avlodiga mansub suv-suvli energetik) reaktorli bitta blokdan iborat. Stansiya Sankt-Peterburg shahri va Leningrad viloyatining elektr energiyasiga boʻlgan 50 foizdan ortiq ehtiyojini taʼminlaydi.

LAES Sosnoviy Bor shahriga yaqin hududda joylashgan. Bu Rossiyaning shimoli-gʻarbidagi eng yosh shahardir. Yuzlab qaragʻay va qumtepaliklar orasida Fin koʻrfazi qirgʻogʻida Sankt-Peterburgdan 80 km. uzoqlikda joylashgan ushbu maskan Leningrad viloyatidagi eng goʻzal joylardan biridir. Uning aholisi 68 ming kishini tashkil etadi.

Shahar hayoti Leningrad atom stansiyasi bilan bevosita bogʻliq. Bu yerda hammasi boʻlib 500 dan ortiq kichik, oʻrta va yirik tashkilotlar, jumladan, katta ilmiy-tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish kompaniyalari faoliyat yuritadi.

Eslatib oʻtamiz, yurtimizda “Rosatom” davlat korporatsiyasi bilan hamkorlikda atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasi bilan bogʻliq tegishli ishlar olib borilyapti. Jumladan, joriy yilning 29-iyun kuni atom elektr stansiyasi qurilishi uchun tanlangan Jizzax viloyatidagi Tuzkon koʻli yaqinidagi hududda muhandislik-tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichini boshlangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер