Baxtiyor Saidov Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

20:37 28 Fevral 2026 Siyosat
473 0

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy janoblari bilan telefon orqali konstruktiv muloqot oʻtkazdi.

Suhbat davomida Afgʻoniston – Pokiston chegarasidagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashilib, vazminlikni saqlash va vaziyatning yanada keskinlashuviga yoʻl qoʻymaslik muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, barqarorlikni taʼminlash va mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etishda muloqot asosiy vosita boʻlib qolishi zarurligi tasdiqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер